Joriy yilning 19 – avgust kuni Arnasoy tuman hokimligi va barcha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda «Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun» shiori ostida «Umummilliy birdamlik festivali» doirasida «Kitob marafoni» aksiyasi «Baxtli » mahallasidagi 3-maktabda tashkil etildi. Bayram oldi tadbirga xalq sevgan san’atkorlar O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Turg‘un Beknazarov, estrada xonandalari Jasur Raximov, shuningdek estrada xonandasi va kino aktyori Bekzod Isxakov tashrifi bilan ko‘tarinki ruhda kuy qo‘shiqlarga boy bo‘ldi. Tadbirda 150 nafar ishtirokchi qatnashdi axborot-kutubxona markazi xodimlari 250 dona kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
![]()