
Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazi xodimi M.Tojiyeva Arnasoy tuman Oltin vodiy MFYda istiqomat qiluvchi B.Xojiyev xonadonida tashkil etilgan mo’jazgina kutubxona bilan tanishdi.
B.Xojiyev yillar davomida o’qituvchilik qilgani va kitoblarni maroq bilan mutolaa qilishni yaxshi ko’rganligi bois o’z xonadonida kutubxona tashkil qilganliklari haqida so’zlab berdi.
Ushbu kutubxonasidagi kitoblarni farzandlari, nevaralari hozirgi kunda mutolaa qilayotganliklarini va bu kitoblarni kelajak avlodlarga kutubxonalarga sovg’a qilishini ham aytib o’tdi.
![]()