
Joriy yilning 26-noyabr kuni tumandagi 10-sonli maktabning 4-sinf o’quvchilari Arnasoy tuman axborot-kutubxona makaziga ekskursiyaga kelishdi.
Ekskursiya davomida bolalar kutubxonaning tuzilishi, bo‘limlari hamda undagi kitoblar bilan yaqindan tanishdilar.
Avvalo, kutubxonachi o‘quvchilarga kutubxonaning ichki tartiblari, kitoblarni saqlash qoidalari va ulardan to‘g‘ri foydalanish usullarini tushuntirib berdi. So‘ngra o‘quvchilar badiiy adabiyotlar bo‘limi, ilmiy-ommabop adabiyotlar bo‘limi, lug‘atlar va ensiklopediyalar joylashgan fond bilan tanishdilar.
Ular uchun qiziqarli savol-javoblar uyushtirildi, sevimli muallif va janrlar haqida fikr almashildi.
Ushbu ekskursiya o‘quvchilarda kitobga mehr uyg‘otish, kutubxonaga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish va o‘qish madaniyatini shakllantirishga xizmat qildi. Tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlariga yoqqan kitoblarni olib, keyingi tashriflarda yana kelish istagi bilan kutubxonadan chiqib ketdilar.
![]()