
Kutubxonaga kelish imkoniyati cheklangan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida kitob yetkazib berish xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu xizmat orqali keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, uzoq hududda yashovchilar hamda vaqtinchalik sog‘ligi sabab kutubxonaga tashrif buyura olmaydigan kitobxonlar o‘zlari xohlagan adabiyotlarni uyda turib o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Joriy yilning 20-yanvar kuni Arnasoy tuman axborot kutubxona-markazi xodimlari Bobur MFY N.Xolmurodov ko’chasida istiqomat qiluvchi Dehqonova Novotoy onamizga so’ralgan adabiyotlari yetkazib berildi.
![]()