
Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro‘ kelmadi,
Ko‘zlarimg‘a kecha tong otquncha uyqu kelmadi.
Lahza-lahza chiqdim-u, chektim yo‘lida intizor,
Keldi jon og‘zimg‘a-yu, ul sho‘xi badxo‘ kelmadi.
📚 Joriy yilning 6-fevral kuni Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazida tuman Ma‘daniyat bo‘limi, tuman Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlab badiy musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Alisher Navoiy g‘azallaridan ijro etildi.Tadbirda 15 nafar ishtirokchi qatnashdi.
![]()