
Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyati axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazida bo‘lib, xizmat rahbarlarining 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlarini qabul qildi.
Hisobotlarda axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, raqamlashtirish ishlari hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bo‘yicha bajarilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Uchrashuv jarayonida mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur jarayon Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazi faoliyatini takomillashtirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
![]()