#Navoiy_merosi_yoshlar #qalbida_mangu_yashaydi

Joriy yilning 9-fevral kuni
Arnasoy tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda tuman texnikomi bilan hamkorlikda buyuk mutafakkir, soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585-yilligiga bagʻishlangan madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi. Mazkur tadbirlar yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarimizga, mumtoz adabiyotimizga boʻlgan hurmat va eʼtiborni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.
Tadbir davomida Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy merosiga bagʻishlangan mazmunli maʼruzalar tinglandi. Unda mutafakkirning jahon adabiyotidagi oʻrni, uning asarlarida insonparvarlik, vatanparvarlik, axloqiy yetuklik gʻoyalari keng yoritib berildi.
Oʻquvchilar tomonidan Navoiy gʻazal va ruboiylaridan namunalar ifodali tarzda oʻqilib, sheʼrxonlik musobaqalari oʻtkazildi.
Shuningdek, tadbir doirasida bilimlarni mustahkamlash maqsadida savol-javoblar tashkil etilib, faol ishtirok etgan oʻquvchilar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top