
Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazida Jizzax shahar “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida yoshlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa va tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan “Yosh kitobxon” tanlovining shahar bosqichi bo’lib o’tdi.
Arnasoy tuman Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tanlovda 10–14, 15–19 hamda 20–30 yosh toifalaridagi kitobsevar yoshlar ikki shart bo‘yicha bellashishdi. Bellashuv yakunida eng yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi hamda keyingi bosqichga yo’llanma berildi.
![]()