#Kitobxon_onalar

Joriy yilning 17-fevral kuni Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi Oltin Vodiy MFYda “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida onalarning farzand tarbiyasidagi o‘rni, oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish, yosh avlodning ma’naviy-axloqiy kamolotida mutolaaning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, ishtirokchilarga kutubxona fondidagi yangi adabiyotlar, bolalar va ayollar uchun mo‘ljallangan kitoblar tavsiya etildi.
Tadbir ochiq muloqot tarzida o‘tib, onalar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar, kitob mutolaasi borasida taklif va tashabbuslarini ilgari surdilar.
Mazkur tadbir aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, ayniqsa, oilalarda mutolaa an’analarini mustahkamlashga xizmat qildi.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top