“Zulfiya ijodi yoshlar qalbida”

Joriy yilning 27-fevral kuni Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazida o‘zbek she’riyatining yorqin namoyandasi, taniqli shoira Zulfiyaxonim tavallud sanasi munosabati bilan “Zulfiya ijodi yoshlar qalbida” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni kutubxona mas’ullari kirish so‘zi bilan ochib, shoira hayoti va ijodiy faoliyati haqida atroflicha ma’lumot berdilar. Zulfiyaxonimning Vatanga muhabbat, sadoqat, matonat va ayol nafosatini tarannum etgan she’rlari bugungi kunda ham yoshlar qalbida alohida o‘rin tutayotgani ta’kidlandi.
Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar tomonidan shoiraning sara she’rlari ifodali o’qildi Zulfiya ijodiga bag‘ishlangan savol-javoblar o‘tkazildi.
Shuningdek, tadbir doirasida Zulfiya asarlaridan iborat kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada shoiraning turli yillarda nashr etilgan to‘plamlari namoyish qilinib, kitobxonlarga tavsiya etildi.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top