
Arnasoy tumanida payshanba — yoshlar kuni munosabati bilan harbiy xizmatni sharaf bilan o‘tab, Vatan himoyasi yo‘lida o‘z burchini ado etib qaytgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Arnasoy tumani hokimi Odil Musanov, tuman prokurori Ikrom Begashov hamda ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Jasur Karimovlar ishtirok etib, yurt tinchligi va xavfsizligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilgan yoshlarni samimiy qutladilar.
Tadbir davomida yoshlarning kelgusidagi rejalari, ularni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish hamda jamiyatda munosib o‘rin egallashlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.
Shuningdek, mas’ullar tomonidan harbiy xizmatdan qaytgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish borasida zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.
Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, yoshlar o‘z fikr-mulohazalari hamda takliflarini bildirishdi.
![]()