
Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan Joriy yilning 12-mart kuni Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazida yoshlar uchun maxsus kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada yoshlarning bilimini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan turli yo‘nalishdagi adabiyotlar namoyish etildi.
Tadbir davomida yosh kitobxonlarga kitobning inson hayotidagi o‘rni, bilim olishdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar bilan yaqindan tanishib, kutubxonadan foydalanish imkoniyatlari haqida ham ma’lumot oldilar.
Bunday tadbirlar yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ma’naviy dunyosini boyitishga xizmat qiladi.
![]()