
Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari 13-mart kuni tuman moliya bo‘limida tashkil etilgan ko‘chma kutubxona fondi yangilandi.
Jarayon davomida avvalgi kitoblar almashtirilib, o‘rniga yangi badiiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar olib kelindi. Moliya bo‘limi xodimlari yangi kitoblar bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan asarlarni mutolaa qilish uchun tanladilar.
Ko‘chma kutubxona fondining yangilanib borilishi kitobxonlar uchun yanada qulay imkoniyat yaratib, tashkilot xodimlari o‘rtasida kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.
![]()