
2026-yil 15-aprel sanasida Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazida hamda tuman maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari hamkorligida 22-sonli maktab o‘quvchilari ishtirokida “Ma’naviyat xazinasi – yangi kitoblar” nomli yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ko‘rgazma yoshlarni kitob mutolaasiga keng jalb etish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish hamda yangi nashr etilgan adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etildi. Unda badiiy adabiyotlar, bolalar uchun mo‘ljallangan ertak va hikoyalar, ilmiy-ommabop asarlar hamda so‘nggi yillarda chop etilgan yangi kitoblar keng namoyish qilindi.
“Ma’naviyat xazinasi – yangi kitoblar” nomli ushbu yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi yoshlar qalbida kitobga mehr uyg‘otish, ularni bilimli, tafakkuri keng va ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.
![]()