
2026-yil 16-aprel kuni Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazida “Har sahifada yangi dunyo” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazma kitobxonlik haftaligi doirasida o‘tkazilib, unda uyushmagan yoshlar faol ishtirok etdi.
Ko‘rgazmadan maqsad — yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularni badiiy va ilmiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga yo‘naltirishdan iborat.
Tadbir davomida turli janrdagi kitoblar namoyish etilib, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan asarlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.
![]()