
Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazida hamda tuman maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari hamkorligida 13-sonli maktab o‘quvchilari ishtirokida “Ma’naviyat xazinasi – yangi kitoblar” nomli kitob ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Kitob mutolaasiga keng jalb etish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish hamda yangi nashrlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etildi. Ko‘rgazmada turli yo‘nalishdagi badiiy adabiyotlar, bolalar uchun mo‘ljallangan kitoblar, ilmiy-ommabop asarlar hamda yangi chop etilgan adabiyotlar keng o‘rin oldi.
Maktab o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar bilan yaqindan tanishib, ular haqida o‘zaro fikr almashdilar. Kutubxona mutaxassislari tomonidan esa yangi kitoblarning mazmun-mohiyati, ularning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
![]()