

Joriy yilning 17-aprel kuni VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida “Kitobsevar millat” shiori ostida Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markaziga ma’naviy tashrif amalga oshirildi.
Tashrif davomida Arnasoy tuman deputatlari kengashi raisi Bayanasov Bobur Ochilovich boshchiligidagi deputatlari kutubxonada yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, yangilangan moddiy-texnik baza hamda boy adabiyotlar fondi bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, so‘nggi yillarda Axborot-kutubxona markazida amalga oshirilgan keng ko‘lam yangilanishlar, kitobxonlar uchun yaratilgan qulay va zamonaviy xizmatlar, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan tashabbuslar e’tirof etildi.
Tashrif davomida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yosh avlodning kitobga bo‘lgan mehrini kuchaytirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli davom ettirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
📖 Kitob – tafakkur chirog‘i, ma’naviyat va taraqqiyotning mustahkam poydevori!
![]()