Mashhur yozuvchilarning so‘nggi so‘zlari
Dunyo adabiyotida salmoqli iz qoldirgan yozuvchilarning asarlari biz uchun hamisha maroqlidir. Bu xabarda esa ularning o‘limidan avvalgi so‘nggi so‘zlari o‘rin olgan.
– Anton Chexov: “Ko‘p vaqtdan buyon shampan ichmagandim.”
– Emiliy Dikkinson: “Ichkari kirish kerak, tashqariga tuman tushmoqda.”
– Jeyn Ostin: “Hozir men istayotgan yolg‘iz narsa – o‘lmoq. O‘lmoqdan boshqa bir vajni istamayapman.”
– Gyote: “Nur! Yana va yana nur!”
– Frans Kafka: “Azizim, Maks, so‘nggi istagim, mendan qoladigan barcha narsalarni; kundaliklarim, qo‘lyozmalarim, men bitgan va menga kelgan barcha maktublarni, qoralamayu chizmalarimning bari-barini yoqib yubor.”
– Ketrin Mensfild: “Sezyapmanki, ajalim yaqin. Yomg‘irni sevaman. Yomg‘ir tomchilarining yuzimga urilishini esa undan ham ko‘p…”
– Mark Tven: “Qiyomat qadar sog‘ bo‘ling. Nasib, ko‘risharmiz…”
– Nikolay Gogol: “Narvon, darhol bir narvon keltiring.”
– O.Genri: “Fonuslarni yoqing. Uyga qorong‘ulikda ketishni istamayman.”
![]()