
Joriy yilning 16-yanvar kuni
Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markaziga viloyat hokimiyati vakillari tomonidan kutubxona faoliyatini oʻrganish maqsadida tashrif buyurdi.
Tashrif davomida kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitob fondining holati, elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlari hamda kitobxonlarga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati atroflicha koʻzdan kechirildi. Shuningdek, yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish, kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, xizmatlar sifatini oshirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
![]()