
“Kitob – ishonchli do’st, maʼnaviy hamroh”
Kitob — inson hayotidagi eng sodiq doʻst, eng ishonchli maslahatgoʻy va bebaho maʼnaviy hamrohdir. U insonni tafakkurga chorlaydi, qalbini boyitadi, hayotga teran nigoh bilan qarashga o’rgatadi. Kitob mutolaasi orqali inson oʻzligini anglaydi, dunyoqarashini kengaytiradi va maʼnaviy kamolot sari odimlaydi.
Joriy yilning 21-yanvar kuni Arnasoy tumani axborot -kutubxona markazida «Kitob -ishonchi do’st, maʼnaviy hamroh» mavzusida kitoblar ko’rgazmasi bo’lib o’tdi.
Mazkur kitoblar ko’rgazmasida Oʻzbek va jahon adabiyotining sara durdonalari, maʼnaviy-maʼrifiy, badiiy va ilmiy adabiyotlar jamlangan. Ushbu asarlar kitobxonlarni ezgulikka, vatanparvarlikka, insonparvarlik va yuksak axloqiy fazilatlarga chorlaydi.
Barchangizni kitob bilan do’stlashishga, mutolaani hayot tarziga aylantirishga chorlaymiz
![]()