
Mahallamiz aholisi uchun quvonchli yangilik! Joriy yilning 18-fevral kuni Arnasoy tuman «Goliblar» mahalla fuqarolar yig’iniga Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda yangi ko‘chma kutubxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi va tegishli shartnoma imzolandi.
Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi — aholini, ayniqsa yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish hamda ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirishdan iborat.
Shartnomaga muvofiq:
Mahallaga muntazam ravishda yangi va qiziqarli kitoblar olib kelinadi;
Kitoblar belgilangan muddatda almashtirib turiladi;
Kitobxonlar bilan suhbatlar, davra suhbatlari va targ‘ibot tadbirlari o‘tkaziladi.
Ko‘chma kutubxona mahalla aholisiga qulaylik yaratib, kitobni har bir xonadonga yaqinlashtiradi. Ushbu loyiha yoshlarimizning bilim olishiga, tafakkurini kengaytirishga xizmat qiladi.
![]()