Jinoyat ishlari bo‘yicha Arnasoy tuman sudiga ko‘chma kutubxona tashkil etildi.

  • Joriy yilning 24-fevral kuni Arnasoy tuman Axborot – kutubxona markazi xodimlari,
    Jinoyat ishlari bo‘yicha Arnasoy tuman sudi binosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish maqsadida ko‘chma kutubxona tashkil etildi. Ushbu tashabbus sud xodimlari va tashrif buyuruvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladi.
    Ko‘chma kutubxonaga badiiy adabiyotlar, huquqiy qo‘llanmalar, ma’naviy-ma’rifiy kitoblar hamda yoshlar tarbiyasiga oid asarlar joylashtirildi. Sud binosining kutish zalida tashkil etilgan mazkur burchak kitobxonlar uchun qulay sharoit yaratdi.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top