
Joriy yilning 27-fevral kuni Arnasoy tuman Axborot- kutubxona xodimlari
Arnasoy tumanidagi texnikumga olib borilgan ko‘chma kutubxona kitoblari yangilanib, o‘quvchilarning qiziqishlari va mutaxassislik yo‘nalishlariga mos yangi adabiyotlar bilan boyitildi. O’qilgan adabiyotlar qaytarib olinib, o‘rniga zamonaviy darsliklar, badiiy asarlar hamda ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar joylashtirildi.
Kitoblar tartib bilan javonlarga terilib, o‘quvchilar uchun qulay sharoit yaratildi. Bu tashabbus yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladi.
![]()