

Yosh avlod qalbida san’atga mehr, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida
Arnasoy tuman Musiqa va san’at maktabi faollar zalida joriy yilning 3-mart kuni “Turon” maktab teatri tanlovining tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Tadbirda Axborot kutubxona markazi xodimlari
«Kitob dunyo ko’zgusi» deb nomlangan kitoblar ko’rgazmasi bilan ishtirok etdi.
Mazkur tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda.
Tadbirda tumandagi umumta’lim maktablarining iqtidorli o‘quvchilari o‘z jamoalari bilan ishtirok etib, sahna ko‘rinishlari, dramatik chiqishlar hamda milliy ruhdagi spektakllarni namoyish etdilar. Har bir chiqish mazmun-mohiyati, aktyorlik mahorati, sahna madaniyati va ijodiy yondashuviga ko‘ra hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.
Tadbir yakunda eng faol jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichiga yo‘llanma oldilar
![]()