Ayol ilmli bo’lsa-millat ilmli bo’ladi nomli davra suxbati

Joriy yilning 27-fevral kuni Arnasoy tuman Axborot- kutubxona markazi xodimlari hamda maxalla ayollari ishtirokida Ayol baxtli bo‘lsa – jamiyat baxtli bo‘ladi” shiori ostida, “Ayollarni e’zozlash oyligi” doirasida “Ayol ilmli bo‘lsa – millat ilmli bo‘ladi” nomli davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ularning ilm-fan, ta’lim va tarbiya sohasidagi beqiyos hissasi haqida so‘z yuritildi. Suhbat davomida ayolning bilimli bo‘lishi nafaqat oila, balki butun jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi ta’kidlandi. Ishtirokchilar ayollarning ilm olishga bo‘lgan intilishi, yosh avlodni tarbiyalashdagi mas’uliyati hamda ularning hayotdagi ibratli faoliyati haqida fikr almashdilar.

Davra suhbatida kitob mutolaasining ahamiyati, ayollarni kitobxonlikka keng jalb etish, ilmli va ma’naviyatli avlodni tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top