“Ayollarni e’zozlash oyligi” doirasida nuroniy onaxonlar bilan davra suhbati o‘tkazildi

Joriy yilning 10 – Mart kuni “Ayollarni e’zozlash oyligi” munosabati bilan mahallada nuroniy onaxonlar ishtirokida mazmunli davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda mahalla faollari, yoshlar hamda Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari qatnashdi.

Davra suhbatida onaxonlar o‘z hayotiy tajribalari, oilada mehr-oqibat, farzand tarbiyasi va milliy qadriyatlar haqida qimmatli fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ular yosh avlodni odobli, bilimli va vatanparvar bo‘lib voyaga yetishi uchun kitob mutolaasining ahamiyati haqida ham alohida ta’kidlab o‘tdilar.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘rtasida samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi, nuroniy onaxonlarga hurmat va ehtirom ko‘rsatildi. Ushbu davra suhbati yoshlar uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ldi.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top