
Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi xodimlari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini o‘rganish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazildi.
Mazkur so‘rovnoma orqali xodimlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishi, qaysi turdagi adabiyotlarni ko‘proq o‘qishi hamda kitobxonlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va fikrlari o‘rganildi. Tadbir davomida kitob o‘qishning inson tafakkuri va dunyoqarashini boyitishdagi ahamiyati haqida ham suhbatlar olib borildi.
So‘rovnoma natijalari asosida kelgusida yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, yangi loyihalar va kitob targ‘ibotiga oid tadbirlarni tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Kitob – inson ma’naviy kamolotining eng muhim manbai. Shu bois kitobxonlikni rivojlantirish borasidagi bunday tashabbuslar yoshlar orasida mutolaa madaniyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
![]()