
Aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, kitobga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari 13- mart kuni tuman G’oliblar mahallasidagi ko‘chma kutubxona kitoblari almashtirildi turli yo‘nalishdagi badiiy, ma’rifiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar mahalla aholisiga yetkazib berildi. Mahalla fuqarolari, ayniqsa yoshlar va bolalar kitoblar bilan tanishib, o‘zlariga kerakli adabiyotlarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Bunday ko‘chma kutubxonalar aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirishga, ma’naviyatni yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
![]()