
Joriy yilning 17-mart kuni Arnasoy tuman Axborot- kutubxona markazi xodimlari “Oltin vodiy” mahallasida aholining kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan ko‘chma kutubxonadagi kitoblar muntazam ravishda yangilanib borilmoqda. Navbatdagi tashrif davomida mavjud adabiyotlar yangi va mazmunan boy kitoblar bilan almashtirildi.
Yangilangan kitoblar orasida badiiy asarlar, bolalar adabiyoti, ilmiy-ommabop kitoblar hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi adabiyotlar o‘rin oldi. Bu esa mahalla aholisi, ayniqsa yoshlar uchun kengroq tanlov imkoniyatini yaratadi.Ko‘chma kutubxona faoliyati aholi o‘rtasida kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, bu kabi tashabbuslar ma’naviy muhitni yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
![]()