
Yoshlar kuni munosabati bilan Arnasoy tumani hokimi Odil Musanov axborot-kutubxona markazida kitobsevar yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirda tumandagi faol, ilmga chanqoq yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Shuningdek, kitob mutolaasining ahamiyati, yoshlarning bilim va tafakkurini rivojlantirishda kitobning o‘rni haqida so‘z yuritildi.
Tuman hokimi o‘zi mutolaa qilgan kitoblardan misollar keltirib, ushbu kitoblar uning dunyoqarashi va ruhiyatida qanday ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lgani haqida so‘zlab berdi. Shu bilan birga, yoshlarga ham o‘zi o‘qigan kitoblarni mutolaa qilishni tavsiya qildi.
Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va bunday muloqotlar ular uchun katta motivatsiya bo‘lganini ta’kidladilar.
![]()