
Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazida 7-aprel kuni tumandagi Favqulotta vaziyatlar bo’limi xodimlari ishtirokida“Amir Temur izdoshlari – Vatan tayanchi!” nomli zakovat intellektual oʻyini tashkil etildi.
Intellektual oʻyinda «Temuriylar» xamda «Bilimdonlar» guruhi o’zaro kuch sinashdi ishtirokchilar Sohibqironning hayoti, harbiy yurishlari, davlat boshqaruvi, shuningdek, temuriylar davri madaniyati va ilm-faniga oid savollarga javob berib, oʻz bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.
O’yin najilariga ko’ra «Temuriylar» guruhi g’olib deb topildi va faxriy yorlik hamda estalik sovg’alar bilan taqdirlandi
![]()