
Arnasoy tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda tumandagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda 20-sonli maktab o‘quvchilari ishtirokida buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan “Sohibqiron siymosi sahnada” nomli videorolik namoyishi tashkil etildi.
Mazkur tadbirda jami 11 nafar o‘quvchi faol ishtirok etdi. Tadbir davomida o‘quvchilarga Amir Temurning hayoti, uning davlat boshqaruvidagi o‘rni, harbiy san’atdagi yutuqlari hamda boy tarixiy merosi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Videorolik orqali Sohibqironning jasorati, dono siyosati va bunyodkorlik ishlari yoritilib, yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
![]()