
Yoshlar kuni doirasida Arnasoy tumani Axborot-kutubxona markazida sardorlar hamda rahbarlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda tuman hokimi Odil Musanov, tuman prokurori Ikrom Begashev, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Jasur Karimov hamda Soliq inspeksiyasi boshlig‘i Navro‘z Otaqulov ishtirok etdi.
Tadbir davomida yoshlarning tashabbuslari, ularni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim va tarbiya masalalari, shuningdek, kelgusidagi rejalar yuzasidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Sardorlar o‘z taklif va fikrlarini bildirib, mavjud masalalar yuzasidan murojaatlarini yetkazishdi.
Tadbir yakunida yoshlar faolligini oshirish, ularni jamiyat hayotida yanada faol ishtirok etishini ta’minlash bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.
![]()