
Joriy yilning 18-may kuni Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kutubxonada “Milliy burchak” tashkil etildi. Ushbu burchakda xalqimizning milliy qadriyatlari, urf-odat va an’analari, milliy ko‘rgazmalar hamda ma’naviy merosimiz aks etgan kitob va materiallar namoyish etildi.
Ko’rgazma davomida kitobxonlarga milliy qadriyatlarimizning mazmun-mohiyati, yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni hamda ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan urf-odatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ko‘rgazmadagi adabiyotlar kitobxonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatini oshirishda muhim аҳamiyat kasb etadi.
![]()