
Joriy yilning 21-may kuni Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Davlat xizmatlari markazida tashkil etilgan ko‘chma kutubxonaga tashrif buyurilib, kitoblar almashtirib kelindi.
Tashrif davomida kitobxonlarga yangi adabiyotlar tavsiya qilinib, ularning mutolaaga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borildi. Ko‘chma kutubxona aholiga qulay va samarali kutubxona xizmatini ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
![]()