
Joriy yilning 21-may kuni Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi texnikumda tashkil etilgan ko‘chma kutubxonaga tashrif buyurilib, kitoblar almashtirildi.
Tashrif davomida kitobxonlar uchun yangi badiiy adabiyotlar, ilmiy-ommabop hamda ma’naviy-ma’rifiy kitoblar taqdim etildi. Kitobxonlarning qiziqishlari inobatga olinib, ularga tavsiya etilgan adabiyotlar haqida ham ma’lumot berildi.
Ko‘chma kutubxona faoliyati yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
![]()