
Joriy yilning 12-iyun kuni Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi Yoshlar istirohat bog‘ida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Ochiq osmon ostidagi kitob ko‘rgazmasi” tashkil etildi.
Ko‘rgazmada buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy va ma’naviy merosi, jadid bobolarimizning ma’rifatparvarlik g‘oyalari, o‘zbek va jahon adabiyotining sara namunalari hamda bolalar adabiyotiga oid kitoblar keng namoyish etildi.
Ko’rgazma davomida kutubxonachilar yosh kitobxonlarga ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosning ahamiyati, jadidlarning xalq ma’rifati yo‘lidagi fidokorona faoliyati, shuningdek, jahon adabiyoti durdonalarining inson kamolotidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berdilar. Kitoblar mazmuni, mualliflarning hayoti va ijodi yuzasidan qiziqarli suhbatlar tashkil etildi.
![]()