
Joriy yilning 8 – avgust kuni yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan tumanimizdagi «Yangi bo’ston» mahallasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
📌 Tadbir davomida mahalla ahli, nuroniylar, yoshlar va o‘qituvchilar ishtirokida mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar tilga olindi, Vatan va millat ravnaqi yo‘lida qilinayotgan ishlar yodga olindi.
🎶Bayramona ruhni yanada oshirish maqsadida Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan «Kitobxon siz uchun yangi saxifa» nomli kitoblar ko’rgazmasi tashkil qilindi. Tadbirda axborot -kutubxona markazi tomonidan 170 dona kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 250 nafar ishtirokchi qatnashdi mahalliy san’atkorlar, qo‘shiqchilar sahnaga chiqib, kuy-qo‘shiqlar ijro etdilar. Shuningdek, yosh iste’dod egalari tomonidan Vatanga bag‘ishlangan she’rlar o‘qildi va milliy raqslar namoyish qilindi.
![]()