
Joriy yilning 18-mart kuni Arnasoy tuman Axborot- kutubxona markazi xodimlari Davlat xizmatlari markazida faoliyat yuritayotgan ko‘chma kutubxona yangilandi va keltirilgan yangi adabiyotlar tartibli ravishda javonlarga joylashtirildi.
Yangilangan kitoblar orasida badiiy asarlar, ilmiy-ommabop, huquqiy hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi adabiyotlar o‘rin olib, kitobxonlar uchun keng tanlov imkoniyati yaratildi. Kitoblarning javonlarga tartib bilan terilishi esa foydalanuvchilarga kerakli adabiyotlarni oson topish va ulardan samarali foydalanish imkonini beradi.
Mazkur ko‘chma kutubxona Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurayotgan fuqarolarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda ma’naviy dunyosini boyitishga xizmat qilmoqda.
![]()