
Joriy yilning 7-aprel kuni axborot-kutubxona markaziga Arnasoy tuman Favqulotda vaziyatlar bo’limi xodimlari tashrif buyurdi.
Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan kutubxonaga tashrif buyirgan FVB xodimlariga kutubxonada tashkil etilgan ko’rgazmalar, kutubxona fondi, ko’rgazmaga qo’yilgan Sharof Rashidovning Kashmir qo’shig’i, Akam haqida, kitoblari haqida ma’lumotlar berildi.Shuningdek, ularga axborot izlash usullari, raqamli resurslardan samarali foydalanish hamda mustaqil ilmiy izlanish olib borish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Ushbu ekskursiya favqulotda vaziyatlar bo’limi xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularni zamonaviy kutubxona xizmatlari bilan yaqindan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
![]()