Kitobxonlik haftaligi doirasida

Joriy yilning 13-aprel kuni Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Kitobsevar millat” shiori ostida kitobxonlar o‘rtasida qiziqarli o‘yinlar tashkil etildi.
Tadbir davomida kitobxonlar turli savol-javoblar, qiziqarli o‘yinlarda faol ishtirok etishdi. O‘yinlar orqali ishtirokchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishi yanada oshib, ularning bilim va dunyoqarashi boyidi.
Tadbir yakunida barchaga kitob mutolaasini keng targ‘ib qilish muhimligi ta’kidlandi. Bu kabi tadbirlar yoshlar va kitobxonlar orasida kitobga bo‘lgan mehrni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top