
Joriy yilning 10-aprel kuni Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlar moliya bo‘limida faoliyat yuritayotgan ko‘chma kutubxona fondi belgilangan tartibda yangilanib, mavjud kitoblar zamonaviy va badiy adabiyotlar bilan almashtirildi. Yangilangan kitoblar mazmuni va yo‘nalishiga ko‘ra saralanib, tegishli tartib asosida javonlarga joylashtirildi.
Mazkur ishlar xodimlar hamda kitobxonlar uchun qulay o‘quv muhiti yaratish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan.
Kelgusida ko‘chma kutubxona fondini muntazam ravishda boyitib borish hamda xizmat sifatini yanada oshirish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.
![]()