
Joriy yilning 16-aprel kuni Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazida
O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 72 yilligi munosabati bilan badiiy kecha tashkil etildi.
Tadbir davomida shoirning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar tomonidan shoirning vatanparvarlik, ona yurt va insoniy tuyg‘ularni tarannum etuvchi she’rlari ifodali o‘qildi. Shuningdek, shoir ijodiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi ham tashkil etilib, kitobxonlarga tavsiya qilindi. Tadbir kitobxonlarda Muhammad Yusuf ijodiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
Tadbirda faol ishtirok etgani uchun kitobxonlar tashakkurnoma bilan taqdirlandi
![]()