#Kichkintoylar_uchun_unutilmas_ekskursiya

Joriy yilning 4-aprel kuni Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markaziga “E’zoza” bog‘chasi tarbiyalanuvchilari ekskursiya maqsadida tashrif buyurishdi.
Ushbu tashrif kichkintoylar uchun quvonchli va esda qolarli lahzalarga boy bo‘ldi.

Ekskursiya davomida bolajonlar kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirilib, ular uchun qiziqarli ertaklar soati tashkil etildi. Kutubxona xodimlari tomonidan aytilgan ibratli ertaklar bolalarda yaxshilik, halollik va mehr-oqibat kabi fazilatlarni yanada mustahkamladi.

Shuningdek, kichkintoylarga Zumrat va Qimmat multfilmi namoyish etildi. Mazkur multfilm orqali bolajonlar yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi farqni yanada chuqurroq anglab yetishdi.
Bunday ekskursiyalar yosh avlod qalbida kitobga muhabbat uyg‘otish, ularni ma’naviy va intellektual jihatdan boyitishda muhim o‘rin tutadi.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top