#Halima_Xudoyberdiyeva_tavalludiga_bagishlangan_kitob_korgazma

Joriy yilning 21-may kuni Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston xalq shoirasi, betakror ijodkor Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 79 yilligiga bag‘ishlab kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada shoiraning boy va mazmunli ijodiy merosi, turli yillarda nashr etilgan she’riy to‘plamlari, adabiy asarlari hamda u haqidagi adabiyotlar keng kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi.

Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi – yosh avlodni shoiraning vatanparvarlik, ayol sha’ni, mehr-muhabbat va milliy qadriyatlarni ulug‘lovchi she’rlari bilan tanishtirish, kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Shoira Halima Xudoyberdiyeva o‘z ijodida ona Vatan, ayol qalbi, insoniylik va ezgulik g‘oyalarini yuksak badiiy mahorat bilan kuylagan ijodkor sifatida xalqimiz qalbidan mustahkam o‘rin egallagan.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top