#Kitob_marifat_va_imkoniy_tlar_kaliti

Joriy yilning 21-may kuni Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi Texnikumda o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri doirasida “Kitob – ma’rifat va imkoniyatlar kaliti” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazmadan o‘rin olgan badiiy, ilmiy-ommabop, ma’naviy-ma’rifiy hamda yoshlar tafakkurini boyitishga xizmat qiluvchi adabiyotlar tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Tadbir davomida yoshlarni kitob mutolaasiga keng jalb etish, ularning bilim va dunyoqarashini oshirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ko‘rgazma qatnashchilarga boy ma’naviy ozuqa va unutilmas taassurotlar ulashdi.

📖 Kitob — insonni ezgulikka, ilm-ma’rifatga va yuksak marralarga yetaklovchi bebaho xazinadir.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top