#Kochma_kutubxona_yoshlar_xizmatida

Joriy yilning 8-iyun kuni Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi texnikumda navbatdagi ko‘chma kutubxona xizmati ko‘rsatildi.
Tashrif davomida avval o‘quvchilarga berilgan kitoblar qaytarib olinib, ularning o‘rniga yangi va qiziqarli adabiyotlar taqdim etildi. Shuningdek, badiiy, ilmiy-ommabop hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi kitoblar haqida tavsiyalar berilib, yoshlarni mutolaaga keng jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ko‘chma kutubxona xizmati o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Suhbat yakunida texnikum o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan yangi kitoblarni tanlab olib, mutolaa uchun qabul qildilar. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodning bilim va dunyoqarashini yanada boyitishga xizmat qiladi.

 

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top