#Kitob_manaviyat_manbai

Joriy yilning 9-iyun kuni
Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan ko‘chma kutubxona xizmati doirasida davlat xizmatlari markaziga navbatdagi kitoblar almashinuvi amalga oshirildi.
Mazkur tashrif davomida kitobxonlar uchun yangi badiiy, ilmiy-ommabop va ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar olib borilib, mavjud kitob fondi yangilandi. Yangi kelgan adabiyotlar markaz xodimlari va tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Ko‘chma kutubxona xizmatining asosiy maqsadi aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda kitoblarni keng kitobxonlar ommasiga yaqinlashtirishdan iboratdir.
Axborot-kutubxona markazi tomonidan kelgusida ham ko‘chma kutubxona xizmatlari orqali kitob fondini muntazam yangilab borish va kitobxonlarga sifatli xizmat ko‘rsatish ishlari davom ettiriladi.
Kitob o‘qigan insonning dunyoqarashi keng, ma’naviyati yuksak bo‘ladi.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top