
Joriy yilning 17-mart kuni Axborot- kutubxona markazi xodimlari mahallada “Kitobxon onalar“ nomli davra suhbati tashkil etildi. Ushbu uchrashuvda mahalla faollari, kitobsevar onalar, hamda kutubxona xodimlari ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish, farzand tarbiyasida onalarning o‘rni va kitobning ahamiyati haqida atroflicha fikr almashildi. Ishtirokchilar o‘z hayotiy tajribalari asosida farzandlarni kitobga qiziqtirish yo‘llari haqida samimiy suhbat olib bordilar.
Shuningdek, tadbirda badiiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega kitoblar tavsiya etilib, onalar o‘zlari sevib o‘qigan asarlar haqida so‘zlab berdilar.
Mazkur davra suhbati mahallada kitobxonlik madaniyatini oshirish, oilalarda ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda yosh avlodni kitobga mehrli qilib tarbiyalashga xizmat qildi.
![]()