Rahbar va yosh mutaxassislar uchrashuvi

Joriy yilning 19-mart kuni Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazida rahbar va yosh mutaxassislar uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yosh mutaxassislarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda tajribali rahbarlarning maslahat va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashishdan iborat bo‘ldi.
Yosh mutaxassislar esa o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, fikr va takliflarini bildirishdi.
Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tib, samimiy va iliq muhitda tashkil etildi. Bu esa yoshlarning o‘z ustida ishlashga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirdi. Shuningdek, ularga kelajakdagi faoliyatida zarur bo‘ladigan muhim tavsiyalar berildi.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top